Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy
ekraniga ko‘zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini
bilmaydigan bo‘lsangiz, unda dastlab qurilmalarini ko‘rib chiqishingiz hamda
ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya‘ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o‘z
vaqtida ob‘yektlar holatini sozlash va boshqarishni amalga oshirish
tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani amalga oshirish jarayonini
boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy e
3D Studio MAX uch o‘lchovli modellashtirish va ko‘rgazmali namoyish qilishning (vizualizasiya) yangicha bosqichi hisoblanadi. Bu dastur yordamida yuqori
sifatli animasiya va uch o‘lchovli modellarni professional darajada yaratish mumkin. Bunda siz ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli ob‘yektlarni qo‘llashingiz mumkin.
Bu dastur yordamida yuqori sifatli multiplikasion filmlar, ma‘lum fanlar
bo‘yicha ko‘rgazmali dasturlar tuzish mumkin.
3D Studio MAX da ob‘yektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni qurish maydoniga keltirganingizda
kursor shakli o‘zgaradi. Sichqoncha yordamida ob‘yektning o‘lchovlarini berasiz.
Yaratilgan ob‘yektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va
yoritgich asboblarini qo‘llashingiz mumkin.
Ob‘yekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya‘ni unga masalan
shaffof yoki g‘adir-budir sirt berishingiz mumkin bo‘ladi.
Qurish maydonida yaratilgan ob‘yektlarni harakatlantirib, kichik animasiya
hosil qilish mumkin. Buning uchun {Animasiya} tugmasini bosib, kadrlarni
o‘zgartirgan holda ob‘yektni harakatlantirish bilan oxirgi kadrga kelinadi. So‘ngra
animasiya panelidan {Play} tugmasi bosiladi. Natijada kadrlar almashinib,
animasiya hosil bo‘ladi. Bu yaratilgan animasiyani fayl ko‘rinishida komp‘yuter
xotirasida saqlash va istalgan video tasvirlarni o‘qiy oladigan dastur yordamida
o‘qishimiz mumkin. Fayl *.avi kengaytmali formatda saqlanadi.
Июн
Welcome to Сайты-сателлиты 2.0 . This is your first post. Edit or delete it, then start blogging!